
Hindistonning gavjum ko‘chalaridagi oddiy choyxonalardan tortib, Mumbay markazida qad rostlagan yirik savdo majmualarigacha bo‘lgan barcha nuqtalarda bir xil jarayon kuzatiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Xaridorlar to‘lovni amalga oshirish uchun cho‘ntagidan naqd pul emas, balki smartfon chiqarib, QR-kodni skanerlashni afzal ko‘rmoqda. Dunyoning eng ko‘p aholiga ega bo‘lgan mamlakatida raqamli to‘lov tizimlarining kundalik turmush tarziga bu qadar chuqur kirib borishi va ommalashuvi qiziq holatdir.
Ushbu o‘zgarish nafaqat texnologik taraqqiyot, balki iqtisodiy xulq-atvorning ham tubdan yangilangani bilan izohlanadi. Xalqaro media-turimiz doirasida Hindistonning ushbu raqamli mo‘jizasi qanday rivojlangani va uning ortida turgan infratuzilma qanday ishlashini yaqindan o‘rganish maqsadida mazkur tizimning miya markazi hisoblangan hududga tashrif buyurdik.
Ushbu tajriba naqd pulsiz iqtisodiyot sari tashlangan dadil qadamlarning amaliy natijasi sifatida xalqaro miqyosda diqqatga sazovordir.






Izohlar
0