BMW Pekinda bir quvvatlanishda 1000 km yuradigan elektromobilni taqdim etdi

0
BMW Pekinda bir quvvatlanishda 1000 km yuradigan elektromobilni taqdim etdiBMW Xitoy bozori uchun i3 modelining yangilangan versiyasini taqdim etadi Germaniyaning BMW konserni Pekin avtosalonida i3 elektr sedanining yangi talqinini namoyish etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu elektromobil maxsus Xitoy iste'molchilari uchun tayyorlangan bo'lib, uning g'ildirak bazasi 3 metrgacha uzaytirilgan. Mazkur ko'rsatkich avvalgi modeldan 100 millimetrga ko'pdir va o'lchamlari bo'yicha 5-seriyadagi sedanlardan ham o'zib ketadi.

Avtomobilning tashqi ko'rinishida ham sezilarli yangilanishlar amalga oshirilgan. Xitoyda amal qiluvchi xavfsizlik talablari sababli, ishlab chiqaruvchi korpus ichiga kiruvchi tutqichlardan voz kechib, an'anaviy eshik tutqichlarini o'rnatgan.

Mashina dizayniga o't oldirish vaqtida yorug'lik taratuvchi dekorativ elementlar va yangilangan ichki bezaklar qo'shilgan. Texnik jihatdan sedan CLTC sikli bo'yicha 1 000 kilometrdan ortiq masofani bosib o'tish imkonini beruvchi yuqori quvvatli akkumulyator bilan ta'minlangan.

Shuningdek, elektromobil 400 kVt gacha bo'lgan tezkor quvvatlash tizimida ishlay oladi. Kompaniya ma'lumotlariga ko'ra, avtomobilni 10 daqiqa davomida quvvatlash orqali 400 kilometr yo'l yurish uchun yetarli energiya zaxirasini to'plash mumkin.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari