Intel aksiyalari choraklik hisobot e'lon qilinganidan keyin 23,6 foizga qimmatlashdi
AQSh fond bozorida Intel korporatsiyasi aksiyalari choraklik hisobot e'lon qilinganidan so'ng 23,6 foizga qimmatlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Savdolar jarayonida o'sish ko'rsatkichi 25 foizga yetdi va kompaniya qimmatli qog'ozlari narxi 2000-yillardagi «dotkomlar pufagi» davridagi maksimal darajadan ham yuqori nuqtaga ko'tarildi. Bir dona aksiya narxi 82,54 dollarni tashkil etib, bu 1987-yildan buyon qayd etilgan eng yuqori o'sish sur'ati sifatida baholanmoqda.
Bu haqda 3dnews nashri ma'lumot beradi. Bloomberg agentligi ma'lumotlariga ko'ra, AQSh hukumati 2023 yilning avgust oyidan buyon egalik qilayotgan Intel aksiyalari paketi qiymati 36 mlrd dollarga yetdi.
Agar hukumat ushbu aktivlarni ayni vaqtda realizatsiya qilsa, nominal foyda miqdori 27 mlrd dollarni tashkil etishi mumkin. Sun'iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi Intel protsessorlariga bo'lgan talabni oshirib, kompaniyani inqirozli holatdan olib chiqishga xizmat qildi.
Ushbu ijobiy tendensiya texnologiya sohasidagi boshqa ishtirokchilarning ko'rsatkichlariga ham ta'sir ko'rsatdi. Jumladan, AMD aksiyalari 14 foizga, Arm qimmatli qog'ozlari esa 12 foizga qimmatlashdi.
NVIDIA kompaniyasining bozor kapitallashuvi 4,3 foizga o'sib, 5 trln dollar chegarasidan o'tdi. Tramp ushbu vaziyatga munosabat bildirib, AQSh yana chiplar ishlab chiqarish bo'yicha dunyo markaziga aylanayotganini ta'kidladi.