Antioksidantlarga boy bo‘lgan eng foydali o‘nta oziq-ovqat mahsuloti

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Antioksidantlarga boy bo‘lgan eng foydali o‘nta oziq-ovqat mahsuloti

Anor tarkibidagi antioksidantlar miqdori bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega meva sifatida tan olingan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Biroq organizmni oksidlovchi stress salbiy ta’siridan asrash xususiyatiga ega bo‘lgan foydali moddalar faqatgina ushbu meva bilan cheklanib qolmaydi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kundalik ratsionda mavjud bo‘lgan qator boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ham shunday himoya funksiyasini bajarish quvvatiga ega.

Xususan, qora malina, qulupnay, qorag‘atdosh mevalar, shuningdek, ismaloq, qahva va qora shokolad ham antioksidantlarga boy manbalar sirasiga kiradi. Ushbu mahsulotlar tarkibida hujayralarni tashqi va ichki omillar ta’sirida yuzaga keladigan zararlanishlardan himoyalashda muhim ahamiyat kasb etuvchi turli xil faol birikmalar mavjud.

Shu boisdan, sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va organizm barqarorligini oshirish uchun faqat bitta turdagi mahsulotga tayanmasdan, turli xil antioksidantlarga boy ne’matlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Mazkur oziq-ovqatlar kompleks tarzda qabul qilinganda, hujayra darajasidagi himoya tizimi yanada mustahkamlanadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish