Yevropa davlatlarida keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish2

Yevropa davlatlarida keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari davom etmoqdaYevropa qit’asining bir qator davlatlarida kuzatilayotgan keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari minglab gektar hududni qamrab olib, jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ispaniya, Fransiya, Portugaliya va Gretsiya kabi mamlakatlarda yuzaga kelgan favqulodda vaziyatni bartaraf etish maqsadida yuzlab o‘t o‘chiruvchilar, maxsus texnik vositalar hamda aviatsiya kuchlari jalb etilgan. Mazkur holat bo‘yicha Deutsche Welle nashri batafsil ma’lumot berdi.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, vaziyat Fransiyaning janubiy hududlarida, xususan, Pireney-Sharqiy departamentida ancha murakkab tus olgan. Joriy yilning 4 iyul kuni kechqurun boshlangan yong‘inlar quruq va issiq havo oqimlari sababli tez sur’atlar bilan tarqalib, o‘t o‘chirish xizmatlari faoliyatini qiyinlashtirmoqda.

Mutaxassislar hududlardagi meteorologik sharoitlar olovning yanada kengayishiga xavf solayotganini ta’kidlashmoqda. Hozirgi vaqtda barcha kuchlar aholi punktlarini himoya qilish hamda yong‘in o‘choqlarini izolyatsiya qilishga qaratilgan.

Tegishli idoralar vaziyatni nazorat ostida ushlab turish uchun navbatchilik rejimida ish olib bormoqda va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan keyingi xavflarning oldini olish choralarini ko‘rmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish