Rossiya Ukrainaga ikki yuzdan ortiq dron bilan hujum uyushtirdi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Rossiya Ukrainaga ikki yuzdan ortiq dron bilan hujum uyushtirdi29 may sanasiga o‘tar kechasi Rossiya federatsiyasi qurolli kuchlari Ukraina hududlariga qarshi keng ko‘lamli havo hujumini amalga oshirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ukraina Havo kuchlari qo‘mondonligining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning shimoliy, janubiy va sharqiy mintaqalari harbiy zarbalar nishoniga aylangan. Ushbu hujum jarayonida Iskander-M ballistik raketasi hamda jami 232 ta turli rusumdagi, jumladan Shahed, Gerbera, Italmas dronlari va Parodiya nomli uchuvchisiz simulyatorlardan foydalanilgani tasdiqlandi.

Harbiy manbalar ushbu vositalar Rossiyaning bir nechta hududlari hamda anneksiya qilingan Qrim yarim oroli hududidan uchirilganini qayd etgan. Ukraina Qurolli kuchlari havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari 217 ta uchuvchisiz apparatni havoda yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qildi.

Shunga qaramay, mamlakatning 14 ta hududida ballistik raketa va dron zarbalari kuzatilgani, shuningdek, bir qancha joylarda urib tushirilgan dronlar qoldiqlari qulashi oqibatida vayronagarchiliklar yuz bergani xabar qilinmoqda. Hozirda tegishli xizmatlar hududlardagi vaziyatni baholash va oqibatlarni bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish