Xitoyda yo‘qolgan bola 35 yildan so‘ng oilasiga topildi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Xitoyda yo‘qolgan bola 35 yildan so‘ng oilasiga topildi1991 yilda 13 yoshli Ley Szesin do‘stlari bilan bekinmachoq o‘ynamoqchi bo‘lgan vaqtda tasodifan poyezd vagoniga chiqib qolgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uzoq davom etgan yo‘l chog‘ida bolakay uxlab qoladi va uyg‘ongach, o‘z uyidan ming kilometrdan ortiqroq masofadagi mutlaqo notanish shaharga kelib qolganini anglab yetadi. Kar va soqov bo‘lgan Ley Szesin atrofdagilarga o‘zining kimligi hamda yashash manzili haqida aniq ma’lumot bera olmagani sababli Shenchjen shahrida yolg‘iz qolib ketadi.

O‘sha davrdan boshlab u begona yurtda hayot kechirishga majbur bo‘ladi. Keyingi yillar davomida mahalliy aholi va saxovatpesha insonlar unga yordam qo‘lini cho‘zib, uning ijtimoiy moslashuvi uchun sharoit yaratishga harakat qilishdi.

Ushbu voqea yosh bolaning taqdiri qanday qilib bir lahzada butunlay o‘zgarib ketishi mumkinligini ko‘rsatuvchi achinarli misol bo‘lib, uning oilasiga qaytish yo‘lidagi uzoq yillik kurashining boshlanishi edi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish