Xitoyda dinozavrlar ko‘rinishidagi o‘ta realistik robotlar yaratilmoqda

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Xitoyda dinozavrlar ko‘rinishidagi o‘ta realistik robotlar yaratilmoqda

Xitoy texnologiya sohasi mutaxassislari tashqi ko‘rinishi hamda xatti-harakatlari jihatidan haqiqiy dinozavrlarga o‘xshash bo‘lgan o‘ta realistik robotlar ustida faol ish olib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur qurilmalarning tabiiy harakatlanishi, ko‘z qisishi va boshini turli tomonga burishi kabi detallari tomoshabinlarda qadimgi davr jonzotlari go‘yo qayta jonlangandek tasavvur uyg‘otadi. 2025-yilda Xitoyning Dobot kompaniyasi tomonidan taqdim etilishi kutilayotgan loyiha doirasida taxminan 130 million yil avval yashagan, pat bilan qoplangan Sinosauropteryx dinozavrining robotlashtirilgan nusxasi yaratilmoqda.

Muhandislar ushbu qadimiy jonzotning biologik xususiyatlarini zamonaviy robototexnika yechimlari bilan uyg‘unlashtirish orqali ilmiy va ko‘ngilochar sohalarda yangi bosqichni boshlab berishni maqsad qilgan. Mazkur ishlanmalar nafaqat muzeylar va ko‘rgazmalar uchun, balki paleontologik tadqiqotlarni vizuallashtirish jarayonida ham muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.

Texnologik taraqqiyot natijasida tarixiy jonivorlarning qiyofasi bugungi kunda har qachongidanda aniqroq namoyon bo‘lmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish