Xitoy Meta va Manus o‘rtasidagi milliard dollarlik kelishuvni taqiqladi

0
Xitoy Meta va Manus o‘rtasidagi milliard dollarlik kelishuvni taqiqladiXitoy Meta va Manus o'rtasidagi 2 mlrd dollarlik kelishuvni taqiqladi Xitoy hukumati sun'iy intellekt sohasidagi yirik bitimlardan birini to'xtatib qoldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Pekin ma'muriyati Mark Sukerberg boshqaruvidagi Meta korporatsiyasi tomonidan Manus startapining sotib olinishiga qarshi chiqdi. Qiymati 2 mlrd AQSh dollariga baholangan ushbu kelishuvning bekor qilinishi global texnologiya bozorida Pekinning so'nggi yillardagi eng keskin aralashuvi sifatida qayd etildi.

Xitoy Taraqqiyot va islohotlar davlat qo'mitasi (NDRC) mazkur bitimni to'xtatishni talab qilgan. Manus startapi dastlab Xitoyda tashkil etilgan bo'lib, keyinchalik o'z bosh ofisini Singapurga ko'chirgan edi.

Kompaniya inson ishtirokisiz murakkab vazifalarni mustaqil bajaruvchi avtonom sun'iy intellekt agentlarini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Xitoy rasmiylari 2026 yil boshida kompaniya faoliyati yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagan.

Hozirda startap asoschilariga mamlakatdan chiqish taqiqlangan. Rasmiy Pekin ushbu texnologiyaning AQSh kompaniyasi ixtiyoriga o'tishini milliy xavfsizlikka tahdid va strategik ma'lumotlarning sizib chiqishi deb baholamoqda.

Mazkur qaror AQSh prezidenti Tramp va Xitoy rahbari Si Jinpin o'rtasida kutilayotgan uchrashuv arafasida e'lon qilindi. Bu voqea Vashington va Pekin o'rtasidagi texnologik raqobat yangi bosqichga chiqqanini ko'rsatmoqda.

Manus jamoasining bir qismi Meta tarkibiga o'tganiga qaramay, Xitoyning talabi bilan butun kelishuv bekor qilinishi lozim. Meta hozircha holat bo'yicha rasmiy munosabat bildirmadi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Dunyo yangiliklari