BAA fuqarolarining Eron, Livan va Iroqqa borishini taqiqladi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

BAA fuqarolarining Eron, Livan va Iroqqa borishini taqiqladiBAA o'z fuqarolarining Eron, Livan va Iroqqa borishini taqiqladi

Birlashgan Arab Amirliklari mintaqadagi geosiyosiy vaziyat keskinlashgani sababli o'z fuqarolari uchun qator davlatlarga safar qilishni chekladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi e'lon qilgan rasmiy bayonotga ko'ra, endilikda amirliklar fuqarolarining Eron, Livan va Iroq hududiga tashrif buyurishi taqiqlanadi. Vazirlik ayni vaqtda ushbu mamlakatlarda bo'lib turgan BAA fuqarolaridan zudlik bilan vatanga qaytishni so'radi.

Safarda bo'lgan shaxslarga rasmiy ko'rsatmalarga qat'iy amal qilish va vaziyatga doir yangiliklarni muntazam kuzatib borish tavsiya etildi. Ta'kidlash joizki, BAA hukumati bundan avval ham xavfsizlik choralarini kuchaytirgan edi.

Xususan, Eron fuqarolarining mamlakat aeroportlari orqali kirishi va tranzit o'tishi borasida cheklovlar o'rnatilgan. Mutaxassislar ushbu diplomatik qarorlarni AQSh, Isroil va Eron o'rtasidagi munosabatlar keskinlashgani bilan bog'lamoqda.

Hozirda mintaqadagi umumiy holat xavfsizlik choralarini yanada qayta ko'rib chiqishni taqozo etmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish