Turkiya, Saudiya va Pokiston o‘rtasida yangi mudofaa ittifoqi tuzildi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Turkiya, Saudiya va Pokiston o‘rtasida yangi mudofaa ittifoqi tuzildi

Yeni Safak nashri tomonidan tarqatilgan xabarga ko‘ra, Yaqin Sharq va Osiyo mintaqalaridagi geosiyosiy vaziyatda tarixiy ahamiyatga ega o‘zgarish kuzatildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston davlatlari o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqib, uch tomonlama mudofaa shartnomasini imzoladilar. Ushbu ittifoq xalqaro ekspertlar tomonidan ko‘pincha Musulmon NATOsi deb ataluvchi yangi harbiy blokning poydevori sifatida baholanmoqda.

Mazkur bitimning imzolanish jarayoni muqaddas Makka shahrida bo‘lib o‘tgani bois, diplomatik doiralarda u rasman Makka bitimi nomi bilan yuritilmoqda. Kelishuvning asosiy maqsadi mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, mudofaa salohiyatini birlashtirish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tashqi tahdidlarga qarshi kollektiv javob choralarini ishlab chiqishdan iborat.

Ushbu uch davlatning birlashuvi mintaqadagi kuchlar muvozanatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi va harbiy-siyosiy hamkorlikning yangi formatini shakllantirishi kutilmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi mazkur qadam nafaqat mudofaa sohasidagi aloqalarni, balki umumiy strategik manfaatlarni himoya qilishda ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish