“Roskosmos” Yer kuni munosabati bilan kosmosdan olingan Yerning yangi suratini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Tasvirlar “Elektron-L” gidrometeorologik sun’iy yo‘ldoshi tomonidan qayd etilgan. Mutaxassislar, bunday suratlar Yerning holatini kuzatish, iqlim o‘zgarishlarini tahlil qilish va ekologik jarayonlarni o‘rganishda muhim vosita ekanini ta’kidlaydilar.
Kosmosdan olingan kadr Yerning noyobligi va uni himoya qilish zarurligini ta’kidlaydi. Davlat korporatsiyasi xabarida 22 aprel Yer kuni ekologik muammolarga e’tibor qaratish va tabiatni muhofaza qilishga bag‘ishlangan xalqaro bayram ekani qayd etilgan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0