Eron “Xorramshahr 4” ballistik raketasini taqdim etdi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Eron “Xorramshahr 4” ballistik raketasini taqdim etdiEron 2000 kilometrgacha parvoz qilish masofasiga va 1500 kilogramm og‘irlikdagi suyuq yoqilg‘ida ishlaydigan jangovar kallakka ega bo‘lgan "Xorramshahr-4" ballistik raketasini taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Modernizatsiya qilingan raketa yangi parvoz diapazoni, shuningdek, aniqroq yo‘naltirish va boshqarish tizimi bilan jihozlangan. Kosmik texnologiyalarga ega va uranni 90 foizgacha boyitish qobiliyatini bir necha bor ta'kidlagan Eron, qit'alararo ballistik raketani ishlab chiqish salohiyatiga ega.

Shu bilan birga, turli sabablar tufayli Eron hozirda 2000 kilometrdan ortiq masofaga ucha oladigan raketa namoyish etishdan o‘zini tiyib turmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish