
Xorijiy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, fransiyalik fuqaro o‘z bolalik xotiralari bilan bog‘liq bo‘lgan insonni qariyb qirq yil davomida izlab, nihoyat topishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Gap Kot-d’Ivuarda yashagan va yosh bolaga mehribonlik bilan g‘amxo‘rlik qilgan enaga haqida bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, erkakning otasi ko‘p yillar muqaddam xizmat safari bilan Kot-d’Ivuarda bo‘lgan va o‘sha davrda Aisha ismli ayol oilaning kichik farzandini parvarish qilgan.
Oradan vaqt o‘tib, oila Fransiyaga doimiy yashash uchun ko‘chib o‘tgan va o‘sha vaqtdan e’tiboran tomonlar o‘rtasidagi aloqalar uzilib qolgan. Biroq, oradan 38 yil o‘tgach, erkak o‘z enagasini topish maqsadida izlanishlarni boshladi.
Uzoq davom etgan qidiruvlar va ijtimoiy tarmoqlar yordamida qahramonimiz o‘z bolalik yillaridagi qadrdonini topishga erishdi. Ushbu voqea ko‘pchilikning e’tiborini tortib, insonlar o‘rtasidagi samimiy mehr va minnatdorlik tuyg‘ulari vaqt o‘tishi bilan so‘nmasligini yana bir bor tasdiqladi.
Mazkur holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan iliq kutib olindi.






Izohlar
0