Floridada kuchli toshqinlar ortidan ko‘chalarda alligatorlar paydo bo‘ldi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Floridada kuchli toshqinlar ortidan ko‘chalarda alligatorlar paydo bo‘ldi

AQSHning Florida shtatida kuzatilgan kuchli bo‘ron va rekord darajadagi yog‘ingarchiliklar mintaqada jiddiy xavfsizlik muammolarini keltirib chiqardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

2026 yil noyabr oyi boshida yuz bergan halokatli toshqinlar oqibatida shtatning Melburn (Melbourne) kabi shaharlarida infratuzilma jiddiy zarar ko‘rdi. Suv toshqinlari tufayli ko‘chalar va turar joylarning hovlilari butunlay suv ostida qoldi.

Mazkur tabiiy ofat nafaqat moddiy talafotlar, balki kutilmagan xavflarni ham yuzaga keltirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasvirlarda suv bosgan hududlarda yirik alligatorlar erkin harakatlanayotganini ko‘rish mumkin.

Bu holat aholi uchun qo‘shimcha xavf tug‘dirmoqda. Mutaxassislar suv sathining ko‘tarilishi yovvoyi hayvonlarning odamlar yashaydigan hududlarga kirib kelishiga sabab bo‘lganini qayd etishmoqda.

Hozirgi vaqtda mahalliy hokimiyat organlari va qutqaruv xizmatlari suv toshqinlari oqibatlarini bartaraf etish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rishda davom etmoqda. Fuqarolardan suv bosgan hududlarda ehtiyotkor bo‘lish va tegishli ko‘rsatmalarga rioya qilish talab qilinmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish