Irkutskda o‘zbekistonlik sarmoyadorlarga chorvachilik uchun yer ajratiladi

0
Irkutskda o‘zbekistonlik sarmoyadorlarga chorvachilik uchun yer ajratiladiO'zbekistonlik sarmoyadorlar Rossiyaning Irkutsk viloyatida chorvachilik loyihalarini amalga oshirishi mumkin Rossiyaning Irkutsk viloyati hududida yirik shoxli qoramol parvarishlash uchun o'zbekistonlik sarmoyadorlarga qishloq xo'jaligi yerlari ajratilishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Irkutsk viloyati iqtisodiy taraqqiyot va sanoat vaziri Viktor Sishkovskiy hududlararo hamkorlikka bag'ishlangan brifingda ma'lum qildi. Rejaga ko'ra, mazkur hududda yetishtirilgan mahsulotlar ham Rossiya bozoriga, ham O'zbekistonga yetkazib berilishi ko'zda tutilgan.

Sishkovskiyning so'zlariga ko'ra, o'zbekistonlik investorlar ushbu loyihalarda ishtirok etishga tayyor ekanini bildirgan. Andijon viloyati bilan imzolangan kelishuv doirasida maxsus "yo'l xaritasi" tasdiqlanib, unda aniq vazifalar va muddatlar belgilangan.

Hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari sifatida Irkutskda O'zbekiston Savdo uyini tashkil etish hamda yirik meva-sabzavot logistika markazini barpo etish rejalashtirilgan. Hozirda Irkutsk viloyati O'zbekistonga asosan yog'och, alyuminiy va IT yechimlarni eksport qilmoqda.

O'zbekiston esa ushbu hududga meva-sabzavot, texnika va qadoqlash materiallarini yetkazib bermoqda. Shuningdek, aprel oyi o'rtalarida O'zbekiston tomoni Belarusdan 4 ming gektar ekin maydonini uzoq muddatli ijaraga olish bo'yicha kelishuvga erishgan edi.

Qashqadaryo viloyati delegatsiyasining Belarusga tashrifi davomida imzolangan ushbu bitim doirasida qoramolchilik loyihasini yo'lga qo'yish maqsad qilingan.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Dunyo yangiliklari