Eron bilan harbiy qarama-qarshilik AQSH budjetiga qimmatga tushdi

0
Eron bilan harbiy qarama-qarshilik AQSH budjetiga qimmatga tushdi

AQSH mudofaa vaziri Pit Xegset Senatning mablag‘lar qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan majlisda Vashingtonning Eron bilan bog‘liq harbiy qarama-qarshiliklari doirasida amalga oshirilgan xarajatlar haqida hisobot berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Rasmiy bayonotga ko‘ra, mazkur harbiy to‘qnashuvlar AQSH budjetiga hozirga qadar qariyb 37,5 milliard dollarga tushgan. Vazir joriy yilning may oyida taqdim etilgan oxirgi hisobotdan buyon xarajatlar hajmi yana 8 milliard dollarga ortganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Pit Xegset o‘z chiqishida Kongress a’zolarini yuzaga kelgan vaziyatning jiddiyligini inobatga olishga chaqirdi. Uning ogohlantirishicha, qonunchilik organi tomonidan qo‘shimcha mablag‘lar zudlik bilan tasdiqlanmasa, Pentagonning harbiy tayyorgarlik dasturlari va operatsion imkoniyatlari jiddiy xavf ostida qolishi mumkin.

Vazir ushbu moliyaviy resurslar nafaqat mintaqadagi harbiy mavjudlikni ta’minlash, balki AQSH milliy xavfsizlik manfaatlarini himoya qilish uchun o‘ta zarur ekanligini qayd etdi. Ayni paytda mazkur masala bo‘yicha parlament eshituvlari davom etmoqda va siyosatchilar o‘rtasida byudjet taqsimoti yuzasidan bahslar olib borilmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Dunyo yangiliklari