Eron AQSh bilan rejalashtirilgan muzokaralarni toʻxtatdi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Eron AQSh bilan rejalashtirilgan muzokaralarni toʻxtatdiEron Pokistonda AQSh bilan rejalashtirilgan muzokaralarda ishtirok etmaslikka qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Eronning Tasnim agentligi xabar berdi. Axborotlarga ko'ra, Tehron Islomobodga kelishi kutilayotgan amerikalik delegatsiyani vositachilar orqali ogohlantirgan.

Eron tomoni hozirgi sharoitda muloqotlarni davom ettirishni maqsadga muvofiq deb hisoblamaydi. Buni asoslashda AQShning oldingi kelishuvlar bo'yicha ayrim majburiyatlarini bajarmaganligi, jumladan Livandagi vaziyatga oid va'dalariga rioya qilmaganligi keltiriladi.

Shuningdek, dastlabki bosqicha-da, Eron tomonidan bir qator imtiyozlar berilganiga qaramay, dengiz blokadasi saqlanib turgani ta'kidlanadi. Eron vakillari bunday sharoitda muzokaralarning davom ettirilishi samarasiz va vaqtni isrof qilish ekanligini bildirishdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish