
AQSH prezidenti Donald Tramp va birinchi xonim Melaniya Tramp 29 oktyabr kuni Oq uyda tashkil etilgan an’anaviy Xellouin bayrami tadbiriga mezbonlik qildilar. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Mazkur marosim Oq uyning Janubiy maydonida bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari va uning rafiqasi bayramona liboslar kiyib kelgan bolalarni samimiy kutib olib, ularga shirinliklar ulashdilar.
Tadbir davomida turli ertak va kino qahramonlari qiyofasiga kirgan bolalar prezident hamda birinchi xonim bilan muloqot qilish imkoniga ega bo‘lishdi. Oq uy ma’muriyati tomonidan har yili o‘tkazib kelinadigan ushbu tadbir bu yil ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Donald Tramp va Melaniya Tramp bolalarning bayram kayfiyatini ko‘tarish maqsadida ular bilan yaqindan suhbatlashib, esdalik uchun suratga tushishdi. Mazkur an’ana AQSH prezidenti qarorgohida uzoq yillardan buyon davom etib kelayotgan madaniy tadbirlardan biri hisoblanadi.
Oq uy atrofidagi maydon bayramona bezatilib, kichik mehmonlar uchun alohida sharoitlar yaratildi.






Izohlar
0