Belgiyadagi bino devorlari orasidan millionlik oltin xazina topildi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Belgiyadagi bino devorlari orasidan millionlik oltin xazina topildi

Belgiyaning Dendermonde shahrida amalga oshirilgan qurilish va ta’mirlash ishlari jarayonida kutilmagan tarixiy topilma aniqlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

VRT NWS axborot agentligining xabar berishicha, binoning devorlari orasidan qiymati qariyb 9 million yevroga baholanayotgan oltin tangalar hamda qimmatbaho metall quymalari topilgan. Mazkur hodisa 12-avgust kuni Sint-Gillis-Dendermonde hududidagi Van Langenxovestraat ko‘chasida joylashgan inshootni buzish jarayonida yuz berdi.

Ishchilar hududda kanalizatsiya quvurlarini o‘tkazish uchun yer qazish va devorlarni demontaj qilish ishlarini olib borayotgan vaqtda ushbu xazinaga duch kelishgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qimmatbaho buyumlar uzoq vaqt davomida bino konstruksiyalari orasida yashiringan holda saqlanib qolgan.

Hozirda mutaxassislar topilmaning kelib chiqish tarixi va uning kimga tegishli ekanligini aniqlash maqsadida o‘rganish ishlarini boshlab yuborishdi. Hudud nazoratga olingan bo‘lib, qimmatbaho ashyolar tegishli ekspertizadan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu voqea mintaqadagi tarixiy va arxeologik ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarga nisbatan e’tiborni yanada kuchaytirdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish