Agstafa maktabida 9-sinf o'quvchisi 8-sinf o'quvchisini pichoqladi

0
Agstafa maktabida 9-sinf o'quvchisi 8-sinf o'quvchisini pichoqladi
Ozarbayjonning Agstafa tumanidagi bir maktabda 21 aprel kuni jiddiy hodisa sodir bo'ldi. Xorijiy OAV xabariga ko'ra, 9-sinf o'quvchisi bilan 8-sinf o'quvchisi o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Bahs davomida 9-sinf o'quvchisi o'z tengdoshiga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan.

Hodisa oqibatida 14 yoshli o'quvchi shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo'lgan. U tuman shifoxonasiga yetkazilib, chap son qismidan olgan jarohati aniqlangan. Shifokorlar jabrlanuvchiga zarur yordamni ko'rsatgan va uning ahvoli barqaror, deb baholagan.

Tibbiy xizmat ko'rsatilgandan so'ng, o'quvchi uyga ruxsat olgan. Ayni paytda, huquq-tartib organlari ushbu voqea bo'yicha tergov harakatlarini olib bormoqda. Gumonlanuvchini qo'lga olish maqsadida zaruriy choralar ko'rilmoqda.

Maktab rahbariyati ham bu holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Bayonotda jabrlanuvchining sog'lig'i doimiy nazoratda ekanligi ta'kidlangan. Shuningdek, maktab ma'muriyati jamoatchilikdan ushbu masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashishni va faqat rasmiy manbalardan ma'lumot olishni so'radi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Dunyo yangiliklari