
Nigeriyada kechgan hafta daxshatli voqea yuz berdi. 16 aprel kuni Benuye shtatida qurollangan guruhlar tomonidan bir guruh maktab o'quvchilari o'g'irlab ketildi. Xorijiy OAV xabariga ko'ra, o'quvchilar mahalliy universitetga kirish imtixonlarini topshirish maqsadida yo'lga chiqqan vaqtida hujumga uchragan.
Hodisa Makurdi–Otukpo avtomobil yo'li atrofida sodir bo'ldi, jami 18 nafar o'quvchi garovga olingan. Mutaxassislar tomonidan berilgan ma'lumotlarga ko'ra, 2025 yilda mamlakatning shimoliy qismida sodir bo'layotgan zo'ravonlik holatlari 71 foizga oshgan. Ushbu vaziyatning asosiy sabablari qurolli guruhlarning faolligi, iqtisodiy muammolar va aholi orasida ishsizlikning yuqori darajasi ekanligi aniqlangan.
Bundaysi jinoyatlar ko'pincha oddiy fuqarolarning, xususan, maktab o'quvchilarining qurbon bo'lishiga olib kelmoqda. Jinoyatchilar garov evaziga oilalardan pul yoki yer talab qilish orqali o'z manfaatlariga erishishga harakat qilmoqda. Hozirgi vaqtda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o'g'irlanganlarni qutqarish bo'yicha keng ko'lamli tadbirlar olib borilmoqda.
Ushbu voqea nafaqat Nigeriya, balki butun mintaqa xavfsizligi uchun jiddiy xavf tug'dirmoqda. Vaziyatni jiddiy baholayotgan rasmiylar, bu kabi hujumlarning oldini olish uchun qo'shimcha choralar ko'rish zarurligini ta'kidlamoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0