Smartfoningiz sekin ishlayaptimi? Sababi ijtimoiy tarmoqlar bo'lishi mumkin

Jasur Islomov2 daqiqalik o'qish

Smartfoningiz sekin ishlayaptimi? Sababi ijtimoiy tarmoqlar bo'lishi mumkin
Hozirgi kunda smartfonlarning sekin ishlashiga sabablar orasida ijtimoiy tarmoqlar va boshqa mobil ilovalar muhim rol o'ynaydi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, zamonaviy ilovalar, ayniqsa Android platformasida, doimiy ravishda fon rejimida ishlaydi hamda foydalanuvchi ma'lumotlarini to'playdi. Bu esa smartfonning umumiy tezligini pasaytirishi va batareyaning tez sarflanishiga olib kelishi mumkin.

Eng ko'p resurs iste'mol qiladigan ilovalar orasida Facebook, TikTok va X kabi ijtimoiy tarmoq platformalari yetakchi pozitsiyalarda. Ushbu servislar foydalanuvchilarning qiziqishlarini tahlil qilish hamda ularga mos kontent taklif qilish maqsadida katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlaydi. Bundan tashqari, Netflix va Spotify singari striming xizmatlari ham ma'lumotlarni kesh xotirasida saqlab, vaqt o'tishi bilan smartfonning sekinlashishiga sabab bo'lishi mumkin.

Navigatsiya ilovalari, masalan Google Maps va Waze, internetga ulanmagan holda ham ishlay olishi uchun xaritalar va marshrut ma'lumotlarini oldindan saqlaydi. Ushbu jarayon smartfonning doimiy xotirasidan va protsessor resurslaridan foydalanishni talab qiladi. Shunga o'xshash holda, Pixel Weather, Weather Underground va Weawow kabi ob-havo ilovalari ham doimiy ravishda meteoma'lumotlarni yangilab turadi, bu esa internet trafikni iste'mol qiladi va batareya quvvatini kamaytiradi.

Olimlar fikriga ko'ra, smartfonning ishlash samaradorligini oshirish uchun ushbu jarayonlarni nazorat qilish muhim ahamiyatga ega. Ilovlarni to'g'ri boshqarish orqali smartfoningizning tezligini yaxshilash va batareya ishlash muddatini uzaytirish mumkin.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish