
Xorijiy OAV xabariga ko'ra, Federal Qidiruv Byurosi (FQB) tomonidan olib borilgan tergov davomida, ayblanuvchining iPhone'idagi Signal ilovasidan o'chirilgan xabarlar qayta tiklangan. Tergovchilarning ta'kidlashicha, xabarlar ilova ichida o'chirilganiga qaramay, ularni tiklash imkoni bo'lgan.
FQB maxsus agentining guvohlik berishicha, qayta tiklangan xabarlar Signal ilovasi emas, balki telefonning bildirishnomalar xotirasidan olingan. Faqat kiruvchi xabarlar saqlanib qolgan, yuborilgan xabarlar esa tiklanmadi. Bu holat, xabarlarning ekranda paydo bo'lgan oldindan ko'rish matnlari orqali saqlanganini ko'rsatmoqda.
Mutaxassislarning tushuntirishicha, "matnni ko'rsatish" funktsiyasi faollashtirilgan iPhone'ga keladigan Signal xabarlari operatsion tizim tomonidan boshqariladi. Operatsion tizim bildirishnomani ekranga chiqaradi va uning mazmuri bilan nima qilishni aniqlaydi. Shuning uchun Signalning g'oyib bo'luvchi xabarlar va shifrlash texnologiyalari faqat ilova ichidagi ma'lumotlarga ta'sir qiladi.
Ushbu muammo faqat Signal messenjeriga xos emas, balki boshqa xavfsiz messenjerlarda ham kuzatilishi mumkin. "End-to-end" shifrlash xabarlarni yuborish va qabul qilish jarayonida himoya qiladi, ammo xabar qabul qiluvchining qurilmasiga yetib kelgach, u shifrdan chiqariladi va telefonning ma'lumotlariga aylanadi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0