Yuventus Roma himoyachisi Zeki Chelikni o‘z safiga qo‘shib oldi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish2

Yuventus Roma himoyachisi Zeki Chelikni o‘z safiga qo‘shib oldi
Turinning «Yuventus» klubi tarkibni kuchaytirish maqsadida Turkiya terma jamoasi va Rimning «Roma» klubi himoyachisi Zeki Chelikni o‘z safiga qo‘shib olmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Bu haqda taniqli sport jurnalisti Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi. Manbaning ta’kidlashicha, turinliklar futbolchini «Roma» bilan yangi shartnoma imzolashidan avval qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

Vaholanki, rimliklar va turkiyalik himoyachi o‘rtasida og‘zaki kelishuvga erishilgandi, biroq «Yuventus» vaziyatdan unumli foydalanib, transferni o‘z foydasiga hal qildi. Natijada, 29 yoshli futbolchi «Yuventus» safiga mutlaqo tekinga o‘tadigan bo‘ldi.

Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma uch yilga mo‘ljallangan. Ma’lumot uchun, Zeki Chelik faoliyatini «Bursaspor» tarbiyalanuvchisi sifatida boshlagan.

U 2018-yilda Yevropa futboliga kirib kelib, «Lill» klubi sharafini himoya qilgan. Fransuz jamoasi safida to‘rt yil to‘p surgan himoyachi, keyinchalik Italiyaning «Roma» klubiga ko‘chib o‘tgan edi.

Endilikda esa tajribali futbolchi o‘z faoliyatini Italiya A Seriyasining boshqa bir giganti – «Yuventus»da davom ettiradi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish