
Londonning "Chelsi" va Turinning "Yuventus" klublari sobiq futbolchisi Xuan Kuadrado faoliyatini o‘z vatanida davom ettiradi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
38 yoshli tajribali yarim himoyachi Kolumbiyaning "Milonarios" jamoasi tarkibiga qo‘shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi.
Futbolchi yangi jamoasiga erkin agent maqomida o‘tdi. Kuadradoning oxirgi jamoasi Italiyaning "Piza" klubi bo‘lgan edi.
U mazkur jamoa safida jami 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Faoliyati davomida Xuan Kuadrado Yevropaning bir qator nufuzli klublarida, xususan, "Fiorentina", "Lechche", "Inter", "Atalanta" va "Udineze" jamoalarida to‘p surgan.
Shuningdek, u Kolumbiya milliy terma jamoasi safida ham uzoq vaqt faoliyat yuritib, 116 ta o‘yinda maydonga tushgan va raqiblar darvozasiga 11 ta gol kiritgan. O‘zining boy tajribasi bilan ajralib turadigan futbolchining "Milonarios" tarkibidagi ishtiroki muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kutilmoqda.






Izohlar
0