
"PSJ" bosh murabbiyi Lui Enrike jamoaning darvozabonlar masalasidagi siyosati uchun tanqid qilindi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Fransiya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo'lgan Emmanuel Petining fikricha, murabbiy Lyuka Shevalyega imkoniyat berishi lozim. Aks holda, rossiyalik darvozabon Matvey Safonov jarohat olgan taqdirda, jamoa qiyin vaziyatga tushib qolishi mumkin.
Ekspertning ta'kidlashicha, Safonovning o'yinlardagi yuqori yuklamasi uning shikastlanishiga sabab bo'lishi ehtimoli bor. Shu bilan birga, Shevalyeda o'yin amaliyoti yetishmasligi sababli unda zaruriy sport formasi va o'yin tonusi mavjud emas.
"Tasavvur qiling, agar Safonov "Bavariya"ga qarshi bahsda jarohat olsa, jamoa nima qiladi?", deya Petining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Yahoo Sports nashri. Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, Shevalye "Anje" kabi kuchsizroq raqiblarga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushishi kerak edi.
Biroq, parijliklarning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan so'nggi o'yinda ham darvozani Safonov qo'riqladi. Shuningdek, Peti "PSJ"ning Fransiya kubogidan erta chiqib ketganini ham muammo sifatida ko'rsatdi, chunki aynan o'sha turnirda darvozabonlar rotatsiyasini amalga oshirish imkoniyati mavjud edi.