Honor noutbuklar uchun 360 vattli ixcham quvvatlagich taqdim etdi

0
Honor noutbuklar uchun 360 vattli ixcham quvvatlagich taqdim etdiHonor kompaniyasi yuqori quvvatli o'yin noutbuklari va boshqa texnik qurilmalar uchun mo'ljallangan "WIN 360W GaN Adapter" quvvatlantirish blokini taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashrining yozishicha, mazkur qurilma 360 vatt quvvat uzatish imkoniyatiga ega. Adapter maxsus brendning "Win H9" modeli uchun ishlab chiqilgan bo'lsa-da, u boshqa mos keluvchi noutbuklar bilan ham ishlashi mumkin.

Qurilmaning texnik xususiyatlaridan biri shundaki, u USB-C porti o'rniga an'anaviy doirasimon DC-ulagich orqali ulanadi. Ushbu yondashuv boshqa turdagi gadjetlar bilan moslashuvchanlikni cheklasa-da, adapterga yuqori yuklamada barqaror ishlash imkonini beradi.

Adapter o'lchamlari 85 x 85 x 33 millimetrni, og'irligi esa qariyb 420 grammni tashkil etadi. Bunday quvvat ko'rsatkichiga ega qurilma uchun ushbu o'lchamlar ancha ixcham hisoblanadi.

Yangi blokda GaN va SiC texnologiyalari qo'llanilgan bo'lib, bu samaradorlikni oshirish bilan birga qizib ketish xavfini kamaytiradi. Ishlab chiqaruvchi ma'lumotiga ko'ra, adapter tarkibida uzoq vaqt davomida og'ir yuklamada ishlashga chidamli avtomobil darajasidagi butlovchi qismlardan foydalanilgan.

Xitoy bozorida mazkur adapter taxminan 70 dollar narxda sotilishi belgilandi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari