Natan Ake faoliyatini Turkiyaning Fenerbahche klubida davom ettiradi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Natan Ake faoliyatini Turkiyaning Fenerbahche klubida davom ettiradiTurkiyaning taniqli Fenerbahche klubi Manchester Siti himoyachisi Natan Ake transferi yakunlanganini rasman tasdiqladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Angliya futbolida yuqori cho‘qqilarni zabt etgan va ko‘plab nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritgan 31 yoshli niderlandiyalik futbolchi endilikda o‘z faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettiradi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, tajribali himoyachi yangi jamoasining Avstriyada tashkil etiladigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etishi kutilmoqda.

Natan Ake ayni damda Niderlandiya milliy terma jamoasi tarkibida JCH-2026 musobaqasida ishtirok etgani bois ta’tilda bo‘lib turibdi. Futbolchi qisqa muddatli dam olishdan so‘ng Istanbul klubi safiga kelib qo‘shiladi.

Klub rasmiy bayonotida ushbu transfer jamoa himoya chizig‘ini kuchaytirish hamda xalqaro maydondagi maqsadlarga erishish yo‘lida muhim qadam bo‘lgani ta’kidlangan. Akening tajribasi va mahorati Turkiya chempionatida Fenerbahche uchun katta yordam berishi kutilmoqda.

Klub rahbariyati yangi o‘yinchi bilan bog‘liq barcha rasmiyatchiliklarni yakunlab bo‘lganini ma’lum qildi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish