Buxoro viloyatida infratuzilmani yaxshilash va sport sohasini rivojlantirish doirasida yirik loyiha amalga oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Xususan, Buxoro tumanida 30 ming tomoshabinga mo‘ljallangan zamonaviy futbol stadioni qurilishi rejalashtirilgan. Mazkur tashabbus Xitoyning nufuzli China CAMC Engineering Co.
LTD kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Qurilish ishlari Buxoro tumanidagi Bog‘idasht mahalla fuqarolar yig‘ini hududida olib borilishi belgilangan.
Yangi sport majmuasi xalqaro standartlar asosida barpo etilib, nafaqat futbol o‘yinlarini, balki yirik sport va madaniy tadbirlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Loyiha doirasida hududda infratuzilmani yaxshilash va zamonaviy talablarga javob beradigan qulayliklar yaratish ko‘zda tutilgan.
Ayni paytda mutasaddi tashkilotlar va xorijiy investorlar o‘rtasida loyihaning texnik jihatlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ushbu stadionning ishga tushirilishi mintaqada sport turizmini rivojlantirish va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0