
Turkiyalik taniqli jurnalist va sharhlovchi Ugur Karakulukkuchu "Galatasaroy" yarim himoyachisi Aleksey Batrakovga Yevropaning yetakchi klublari qiziqish bildirayotgani haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Mutaxassisning fikricha, ingliz klublari rossiyalik futbolchi uchun belgilangan 55 million yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lashga tayyor emas. Uning ta’kidlashicha, hozirgi bosqichda bunday transferni amalga oshirishga qodir yagona jamoa bu — "PSJ".
Biroq, jurnalist bu borada gapirishga hali erta ekanligini qayd etdi. Karakulukkuchuning so‘zlariga ko‘ra, futbolchining salohiyatini to‘liq baholash uchun uning o‘yinlarini yana kamida ikki yil kuzatish maqsadga muvofiqdir.
Avvalroq OAVda 21 yoshli yarim himoyachiga "PSJ", "Manchester Siti", "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Barselona" kabi grand jamoalar qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Joriy mavsumda "Galatasaroy" safida barcha turnirlar doirasida 12 ta uchrashuvda maydonga tushgan Batrakov 5 ta gol urishga va 3 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, futbolchining barqaror o‘yini tufayli uning transfer narxi kelajakda 100 million yevrogacha ko‘tarilishi mumkin.






Izohlar
0