
"Manchester Yunayted" 16 yoshli braziliyalik iste'dodli Eduar'do Konseysa'o uchun 40 million yevro to'lashga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Bu haqda UOL portali xabar berdi. Manbaga ko'ra, Angliya klubi vakillari "Palmeyras" vingeri uchun yaqin kunlarda rasmiy taklif bilan chiqishi kutilmoqda.
"MYu" skautlari ushbu futbolchini Janubiy Amerika yoshlar o'rtasidagi so'nggi chempionatda kuzatib borgan, u yerda u 2 ta gol urgan va uning Braziliyasi uchinchi o'rinni egallagan edi. "Palmeyras" bu taklifdan mamnun bo'lmasligi mumkin, chunki klub kamida 50 million yevro olishni istaydi.
Avvalroq ushbu futbolchiga "Manchester Siti" va "Barselona" ham qiziqish bildirgan edi. Ta'kidlash joizki, 18 yoshga to'lmaguncha Konseysa'o baribir "Palmeyras"da qoladi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0