Flik "Barselona" tarkibiga tajribali futbolchi jalb qilishni so'radi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Flik "Barselona" tarkibiga tajribali futbolchi jalb qilishni so'radi
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Dieter Flik yozgi transfer oynasi uchun rejalarni tuzishni boshladi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Nemis mutaxassisi klubning yosh iste'dodlari va «La Masiya» akademiyasi bitiruvchilarining mahoratidan mamnun, biroq jamoada tajribali futbolchilar yetishmasligini ta'kidlamoqda. Sport nashrining xabariga ko'ra, Flik klub rahbariyatidan tarkibni kuchaytirish maqsadida kamida bir nafar o'rtacha yoshdagi — 26 yoshdan 28 yoshgacha bo'lgan futbolchini sotib olishni so'ragan.

Murabbiyning fikriga ko'ra, bunday tajribali o'yinchilar jamoadagi yosh iste'dodlar va veteranlar o'rtasida muhim bog'lovchi halqa vazifasini o'tashi lozim. Shuni ta'kidlash joizki, «Barselona» yaqinda Chempionlar ligasi chorak finalida «Atletiko»ga mag'lub bo'lib, turnirdan chiqib ketdi.

Biroq Ispaniya oliy divizioni — La Ligada katalonlar ishonchli tarzda yetakchilik qilmoqda. Musobaqaning yakuniga qadar bor-yo'g'i yetti tur qolgan bir paytda, klub yaqin ta'qibchisi Madrid «Reali»dan to'qqiz ochkoga oldinda turibdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish