
Bugun, 26 oktyabr kuni futbol olamining eng nufuzli shaxsiy mukofoti hisoblangan Oltin to‘pni topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Mazkur tantanali tadbir London shahridagi mashhur London Palladium teatrida tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu yilgi marosim o‘ziga xos tarixiy ahamiyatga ega, chunki mazkur sovrin ta’sis etilganiga naqd 70 yil to‘ldi.
Tashkilotchilarning qaroriga ko‘ra, mukofotni topshirish marosimi o‘z tarixida ilk bor Buyuk Britaniya poytaxtida o‘tkazilmoqda. London shahri ushbu nufuzli tadbirga mezbonlik qilayotgani bejiz emas.
Bu tanlov ramziy ma’noga ega bo‘lib, u mazkur mukofotning ilk g‘olibi, angliyalik afsonaviy futbolchi ser Stenli Mettyuz xotirasiga hurmat bajo keltirish maqsadida amalga oshirildi. Dunyo futbol hamjamiyati diqqat markazida bo‘lib turgan ushbu tadbir sport olamidagi eng muhim voqealardan biri sifatida qayd etilmoqda.
Marosim davomida yilning eng yaxshi futbolchilari aniqlanib, ularning o‘tgan mavsumdagi erishgan yutuqlari munosib e’tirof etiladi.






Izohlar
0