
"Chelsi" futbol klubining himoyachisi Mark Kukurelyaning sartaroshi jamoaning "Brayton"ga qarshi o'yin oldidan tarkibiga doir muhim ma'lumotni e'lon qilib, jamoa ichida keskin bahslarga sabab bo'ldi. Xorijiy OAV xabariga ko'ra, sartarosh ijtimoiy tarmoqqa Kukurelyaning soch turmagini aks ettirgan surat joylashtirgan va shu suratga izoh qoldirgan. Izohda, "Palmer va Joao Pedro jarohatlari tufayli bu uchrashuvda maydonga tusha olmaydi", degan ma'lumot keltirilgan edi.
Keyinchalik, bu ma'lumotlar tasdiqlangan – Palmer va Joao Pedro haqiqatan ham "Brayton"ga qarshi o'yinda ishtirok eta olmaganlar. Sartaroshning bu xabarini ijtimoiy tarmoqda keng tarqalgach, u o'chirib tashlangan, shuningdek uning akkaunti ham faoliyatini to'xtatgan. Bu voqea futbol olamida katta shov-shuvga sabab bo'ldi, ayrimlar uni oddiy tasodif deb baholasa, boshqalar esa jamoa ichidan oqib chiqqan "insayder" ma'lumot sifatida qabul qilmoqda.
"Chelsi" "Brayton"ga qarshi APL 34-turidagi o'yinda 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi. O'yin oldidan yuzaga chiqqan bu hodisa jamoaning psixologik ruhini yomon ta'sir qilganligi mumkin. Mazkur vaziyat "Chelsi" klubi boshqaruvida ichki tartibni kuchaytirish zarurligini ko'rsatib turibdi.