
Angliyaning "Manchester Siti" klubi sobiq yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan jamoani tark etishga tayyorlanayotgan bosh murabbiy Xosep Gvardiola haqida iliq fikrlar bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Ispaniyalik mutaxassis o‘n yillik faoliyatidan so‘ng "shaharliklar" bilan xayrlashmoqda. Eslatib o‘tamiz, Gyundogan Gvardiolaning "Manchester Siti"dagi dastlabki yillarida jamoaning eng muhim va yetakchi o‘yinchilaridan biri bo‘lgan.
"Pepga nima deyishim mumkin? Uning nafaqat "Manchester Siti", balki butun futbol olami uchun qilgan mehnatini hisobga olsak, biron narsa deyish juda qiyin.
U qo‘lga kiritgan sovrinlar o‘z so‘zini aytib turibdi. Ammo gap faqat natijalarda emas, balki uning shaxsiyatida.
Men uchun u shunchaki murabbiy emas, balki undan ham buyukroq inson", — deb keltirmoqda Gyundoganning so‘zlarini derbyderbyderby.it nashri. Ma’lumot uchun, Xosep Gvardiola "Manchester Siti" boshqaruviga 2016-yilda kelgan edi.
O‘tgan davr mobaynida u klub tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiyga aylandi va jamoa bilan birgalikda ko‘plab nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Gvardiolaning ketishi futbol olamida katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda va uning kelajakdagi faoliyati ko‘pchilik uchun qiziqish uyg‘otmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0