Bordalas "Barselona" bilan o'yindan keyin matbuot anjumaniga chiqmadi

1
Bordalas "Barselona" bilan o'yindan keyin matbuot anjumaniga chiqmadi
Ispaniya chempionatining navbatdagi turida «Xetafe» o‘z maydonida «Barselona» jamoasini qabul qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Mazkur uchrashuvda mehmonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan so‘ng o‘tkazilishi rejalashtirilgan an’anaviy matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Xose Bordalas ishtirok etmadi.

«Xetafe» klubi matbuot kotibining jurnalistlarga ma’lum qilishicha, bosh murabbiy o‘yin davomida baqirib ko‘rsatma berishi natijasida ovozini butunlay yo‘qotgan. Shu sababli mutaxassis OAV vakillari bilan muloqot qila olmasligini bildirdi.

Mazkur mag‘lubiyatga qaramay, jamoa hozirda Ispaniya chempionati turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi. Klub navbatdagi uchrashuvini 3-may kuni o‘z maydonida «Rayo Valyekano»ga qarshi o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, ushbu g‘alabadan so‘ng «Barselona» turnir jadvalida eng yaqin ta’qibchisi «Real Madrid» bilan farqni 11 ochkogacha yetkazib oldi. Kataloniyaliklar chempionlik poygasida peshqadamlikni ishonchli tarzda davom ettirmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari