"Bavariya"ning o'yin uslubi jahon futboli uchun namuna — Kafu

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

"Bavariya"ning o'yin uslubi jahon futboli uchun namuna — Kafu
Sobiq "Milan" futbolchisi hamda Braziliya terma jamoasi a'zosi Kafu joriy mavsumda "Bavariya"ning o'yin uslubi haqida o'z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

"Bugungi 'Bavariya' — qolgan dunyo uchun futbol san'ati namunasidir. 'Bavariya'ning futbol o'ynashini ko'rish hayratlanarli, buni yaqinda Chempionlar ligasi va Bundesligadagi uchrashuvlarda ko'rdik.

'Bavariya' hozir qanday futbol o'ynayotgan bo'lsa, aynan shu futbolni butun dunyo ko'rishni istaydi. Ular doimo hujumda bo'lishadi, hech qanday raqibdan cho'chimaydi va hatto gol o'tkazib yuborsalar ham, ko'p gol urishlarini bilishadi", — deydi Kafu, deb xabar beradi Bayern & Germany nashri.

Ayni paytda "Bavariya" Bundesligada 30 ta turdan keyin 79 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish