
Taniqli advokat va Moskvaning "Dinamo" klubi ashaddiy muxlisi Aleksandr Dobrovinskiy yarim himoyachi Arsen Zaxaryanning Ispaniya chempionatidagi faoliyati borasida o'zining tanqidiy fikrlarini bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Uning ta'kidlashicha, futbolchining "Real Sosedad"dagi o'yini muvaffaqiyatsiz kechmoqda. Dobrovinskiyning so'zlariga ko'ra, Arsen Zaxaryan Ispaniya darajasidagi futbolga tayyor emas edi.
Advokat yosh futbolchi uchun avval Rossiya Premer-ligasida yetarlicha tajriba to'plash muhimroq bo'lganini ta'kidlaydi. Shu sababli, u futbolchiga faoliyatini qayta tiklash maqsadida Moskvaning "Dinamo" klubiga qaytishni maslahat bermoqda.
"Afsuski, Arsenning Ispaniyadagi istiqboli juda mavhum. Uning uchun eng maqbul variant — "Dinamo"ga, murabbiy Shvars qo'l ostiga qaytishdir", — deya Dobrovinskiyning so'zlarini keltirmoqda "RB Sport" nashri.
Ma'lumot uchun, Arsen Zaxaryan "Real Sosedad" tarkibida uch mavsum davomida to'p surdi. Ushbu davr mobaynida u jami 65 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 3 marta ishg'ol qildi va yana 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Mutaxassislarning fikricha, futbolchining statistikasi uning salohiyatiga nisbatan ancha past ko'rsatkich hisoblanadi. Hozircha futbolchining o'zi va klub rahbariyati bu borada rasmiy bayonot bermadi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0