Argentina milliy terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionatida o‘z chempionlik unvonini himoya qilish maqsadida tayyorgarlik ko‘rayotgan bir pallada, mamlakat futbol federatsiyasi atrofida jiddiy moliyaviy tekshiruvlar boshlangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Rasmiy manbalarga ko‘ra, AQSH Federal tergov byurosi Argentina futbol federatsiyasi faoliyatida pul yuvish hamda moliyaviy qonunbuzarliklar bilan bog‘liq holatlar mavjudligini tekshirmoqda. Mazkur jarayon federatsiyaning xalqaro darajadagi moliyaviy operatsiyalari va mablag‘lar oqimining shaffofligiga qaratilgani aytilmoqda.
Tergov doirasida tashkilotning o‘tgan davrdagi moliyaviy hisobotlari va shubhali bitimlar tahlil qilinmoqda. Ayni vaqtda Argentina futbol federatsiyasi rahbariyati va tegishli organlar mazkur tekshiruvlar yuzasidan izoh berishdan tiyilmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, bunday tekshiruvlar nafaqat federatsiya obro‘siga, balki mamlakat futbol tizimining kelgusi xalqaro faoliyatiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Hozircha tergovning dastlabki natijalari yoki aniq gumonlanuvchilar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.
Vaziyat rivoji xalqaro sport jamoatchiligi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar nazoratida qolmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0