
Rossiya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" klubining sobiq yarim himoyachisi Andrey Kanchelskis "Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slotning iste’fosi yuzasidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Niderlandiyalik mutaxassis ingliz klubida ikki mavsum davomida ishladi va rahbariyat qarori bilan o‘z lavozimini tark etdi. Kanchelskisning ta’kidlashicha, murabbiyning ketishi kutilgan va mantiqiy qadam bo‘lgan.
U "Liverpul" rahbariyatining bu qarorini qo‘llab-quvvatlab, nima uchun Slot avvalroq ishdan bo‘shatilmaganiga hayron qolganini yashirmadi. Ekspertning fikricha, kelasi mavsumda "mersisaydliklar" oldiga faqat chempionlik vazifasi qo‘yiladi.
Ma’lumot uchun, Arne Slot qo‘l ostidagi ilk mavsumda "Liverpul" Angliya chempioni bo‘lishga muvaffaq bo‘lgandi. Biroq ikkinchi mavsum jamoa uchun omadsiz kechdi.
"Liverpul" turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egalladi va chempion bo‘lgan "Arsenal"dan 25 ochko ortda qoldi. Yevropa maydonlarida ham ishlar kutilganidek chiqmadi: Chempionlar ligasi chorak finalida jamoa ikki o‘yin natijasiga ko‘ra PSJga umumiy 0:4 hisobida taslim bo‘lib, musobaqani tark etdi.
Natijalar pasayishi tufayli klub rahbariyati murabbiylar shtabida o‘zgarishlar qilishga qaror qildi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0