
"Liverpul" hujumchisi Ugo Ekitike jiddiy jarohat olgani sababli uzoq muddatga maydonlarni tark etdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Fransuz futbolchisining ahvoli va jarohati haqida jamoaning bosh murabbiyi Arne Slot batafsil ma'lumot berdi. Murabbiyning ta'kidlashicha, futbolchi hali jarrohlik amaliyoti o'tkazgani yo'q.
Slot Ekitikeni yangi jamoaga qo'shilganidan so'ng qisqa vaqt ichida o'zini namoyon qila boshlaganini va ushbu jarohat sportchi uchun juda og'ir zarba bo'lganini qayd etdi. Shuningdek, u futbolchining muhim o'yinlar va imkoniyatlarni boy berayotganidan afsusda ekanini bildirdi.
Biroq Arne Slot optimist ruhda gapirdi va futbol olamida bunday holatlar uchraydigini, ko'plab sportchilar og'ir jarohatlardan so'ng yanada kuchliroq bo'lib qaytishganini eslatdi. Murabbiy kelajakda Ekitike ushbu sinovni o'z darajasini oshirish uchun turtki deb hisoblashi mumkinligiga ishonchi komil ekanini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" jamoasi yakshanba kuni, 19-aprel kuni "Everton"ga qarshi mehmondoshlikda bahs yuritadi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0