Mashhur yunon xonandasi Yorgos Mazonakis 54 yoshida vafot etdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Mashhur yunon xonandasi Yorgos Mazonakis 54 yoshida vafot etdi

Mashhur yunon xonandasi Yorgos Mazonakis 9 sentyabr kuni 54 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

San’atkor Afinadagi xususiy tibbiyot markazida bo‘lgan vaqtida kutilmaganda yurak faoliyati to‘xtagan. Shifokorlar zudlik bilan uni tez yordam mashinasida Elpis shifoxonasiga yetkazishgan, biroq barcha urinishlarga qaramay, xonandaning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Yorgos Mazonakis mazkur tibbiyot muassasasiga rejalashtirilgan plazmaferez muolajasini qabul qilish maqsadida tashrif buyurgan. Hozirgi vaqtda mutaxassislar xonandaning o‘limi hamda o‘tkazilgan muolaja o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash yuzasidan tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Mazonakis yunon musiqa olamida o‘ziga xos o‘ringa ega ijodkorlardan biri sifatida tanilgan edi. Uning to‘satdan vafot etishi muxlislar va san’at jamoatchiligi uchun katta yo‘qotish bo‘ldi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tibbiy ekspertiza xizmati hodisaning barcha tafsilotlarini o‘rganishda davom etmoqda. Yakuniy xulosalar tibbiy tekshiruvlar natijalari e’lon qilingach ma’lum bo‘ladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish