Xorazmda boshqaruv servis kompaniyalari foydasiga qarzdorliklar undirilmoqda

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Xorazmda boshqaruv servis kompaniyalari foydasiga qarzdorliklar undirilmoqda

Majburiy ijro byurosining Xorazm viloyati boshqarmasi hamda unga qarashli hududiy bo‘linmalar tomonidan sud hujjatlarida belgilangan qarorlar ijrosini ta’minlash borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur jarayonlar doirasida boshqaruv servis kompaniyalari foydasiga yuzaga kelgan debitorlik qarzdorliklarini undirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, joriy yilning o‘tgan davri hisobotiga ko‘ra, byuro organlari ish yurituvida bo‘lgan boshqaruv servis kompaniyalari manfaatlarini ko‘zlovchi 3 000 ta ijro hujjati nazoratga olingan.

Ushbu hujjatlarda aks etgan umumiy qarzdorlik summasi 2,5 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

Ayni damda davlat ijrochilari tomonidan ushbu mablag‘larni qonuniy tartibda undirish va sud qarorlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur huquqiy harakatlar amalga oshirilmoqda. Mazkur faoliyat kommunal sohadagi hisob-kitoblar intizomini mustahkamlash hamda boshqaruv servis kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Byuro vakillari tomonidan qarzdor shaxslarga nisbatan majburiy ijro choralari qo‘llanilishi barobarida, tushuntirish ishlari ham olib borilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish