Toshkentda 240 ta avtobus xarid qilinib 16 ta yangi yo'nalish ochiladi

0
Toshkentda 240 ta avtobus xarid qilinib 16 ta yangi yo'nalish ochiladiToshkentda jamoat transporti uchun 240 ta yangi avtobus xarid qilinadi Toshkent shahrida yo'lovchi tashish tizimini takomillashtirish maqsadida keng ko'lamli o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi doimiy komissiyasi poytaxt uchun qo'shimcha 240 ta avtobus sotib olish va 16 ta yangi yo'nalishni yo'lga qo'yish to'g'risida qaror qabul qildi. Hozirgi vaqtda shaharda 169 ta yo'nalish bo'yicha 1 927 ta transport vositasi xizmat ko'rsatmoqda va kuniga 23 mingga yaqin qatnov bajarilmoqda.

Shunga qaramay, tahlillar tizimda jiddiy muammolar borligini ko'rsatdi. Xususan, tig'iz vaqtlarda avtobus kutish vaqti 35–40 daqiqagacha yetmoqda, bu esa aholining ish va o'qishga kechikishiga sabab bo'lyapti.

Yangi rejaga ko'ra, kunlik qatnovlar soni yana 2 000 taga ko'paytiriladi. Infratuzilmani rivojlantirish uchun 16,2 km masofada BRT yo'nalishlari va 56 km uzunlikdagi maxsus avtobus yo'laklari tashkil etiladi.

Yo'llarda tartibni saqlash uchun 600 dan ortiq kuzatuv kamerasi va harakatni boshqaruvchi 545 ta "aqlli" svetofor o'rnatiladi. Shuningdek, 1 116 ta bekat rekonstruksiya qilinishi va 70 ta yangi to'xtash joyi qurilishi belgilangan.

Ushbu chora-tadbirlar poytaxtda transport qatnovini tezkor va qulay qilishga qaratilgan.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari