
Yaqinda xonanda Surayyo Qosimova o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali sog‘lig‘idagi muammolar tufayli ijodiy faoliyatida vaqtinchalik tanaffus e’lon qilgan edi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Mazkur xabar muxlislar orasida qiziqish va xavotir uyg‘otganidan so‘ng, Dilmurod ismli bloger xonandaning xonadoniga tashrif buyurib, uning holidan xabar oldi. O‘tkazilgan suhbat davomida bloger san’atkorni qiynayotgan sog‘liq muammolari haqida so‘radi.
Surayyo Qosimova ochiqlik bilan vaziyatga aniqlik kiritar ekan, unga jinsiy a’zolar sohasida o‘simta tashxisi qo‘yilganini ma’lum qildi. Ushbu jiddiy xastalik xonandaning kundalik hayotiga hamda professional faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.
Suhbatning davomida xonanda nafaqat o‘zining jismoniy holati, balki oilaviy hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar va qiyinchiliklar xususida ham to‘xtalib o‘tdi. Hozirgi kunda Surayyo Qosimova barcha e’tiborini davolanish jarayoniga qaratgan bo‘lib, yaqinlari ko‘magida sog‘lig‘ini tiklashga harakat qilmoqda.
Muxlislar xonandaning tezroq sog‘ayib, yana sahnaga qaytishini tilab qolishmoqda.






Izohlar
0