Barselona beshta futbolchi transferi uchun 84 million yevro to‘ladi

Aziz Karimov2 daqiqalik o'qish

Barselona beshta futbolchi transferi uchun 84 million yevro to‘ladi


Ispaniyaning "Barselona" futbol klubi o‘tgan transfer oynalari davomida amalga oshirilgan xaridlar bo‘yicha mavjud qarzdorliklarini qisman bartaraf etdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Ispaniyaning nufuzli Sport nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar jamoasi bir qator futbolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirdi. Xususan, Dani Olmo transferi uchun 34,4 million yevro, Rafinya uchun 19 million yevro, Jyul Kunde uchun 12,3 million yevro, Robert Levandovski uchun 11,1 million yevro hamda Vitor Roke transferi uchun 7,3 million yevro miqdorida mablag‘ yo‘naltirilgan.

Umuman olganda, klub ushbu operatsiyalar uchun 84 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflagan. Shunga qaramay, "Barselona"ning moliyaviy majburiyatlari hali to‘liq yakuniga yetmagan.

Joriy yilning 30-iyun holatiga ko‘ra, klubning boshqa jamoalar oldidagi umumiy qarzi 167,4 million yevroni tashkil etadi. Ushbu moliyaviy yuklamaning asosiy qismi Entoni Gordon transferi bilan bog‘liq.

Ta’kidlash joizki, "ko‘k-anorranglilar" "Nyukasl" klubi bilan kelishuvga erishib, 22 million yevrolik to‘lov muddatini 2027-yilga qadar uzaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Dastlabki kelishuvga binoan, ushbu mablag‘ iyun oyi oxiriga qadar to‘lab berilishi kerak edi.

Klubning moliyaviy hisobot yili 30-iyunda yakunlanganini inobatga oladigan bo‘lsak, 1-iyuldan keyin amalga oshirilgan bitimlar mazkur hisobotga kiritilmaydi. Ushbu moliyaviy qadamlar "Barselona"ning kelgusi transfer mavsumlaridagi faoliyatiga va klubning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish