Sirdaryo baliqlari tarkibida mikroplastik zarrachalari aniqlandi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Sirdaryo baliqlari tarkibida mikroplastik zarrachalari aniqlandiO‘zbekiston hududidagi suv havzalarida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy tadqiqot natijalari atrof-muhit ifloslanishi bilan bog‘liq jiddiy xavotirlarni yuzaga keltirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xususan, Sirdaryo daryosining Chirchiq va Qoradaryo irmoqlarida yashovchi baliq turlari ustida olib borilgan tahlillar ularning organizmida mikroplastik zarrachalari to‘planib qolganini ko‘rsatdi. O‘rganishlar davomida tekshirilgan baliqlarning 60,7 foizida ushbu suniy polimer qoldiqlari aniqlangan.

Ushbu keng ko‘lamli loyiha Tomsk davlat universiteti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti hamda Andijon davlat universiteti mutaxassislari tomonidan hamkorlikda amalga oshirildi. Tadqiqot jarayonida jami 61 ta baliq namunasi laboratoriya sharoitida chuqur tahlil qilindi.

Olingan natijalar suv resurslaridagi mikroplastiklar miqdori ekotizim uchun jiddiy xavf solayotganini va ushbu zarrachalarning tirik organizmlar to‘qimalariga singib borayotganini tasdiqlaydi. Olimlar mazkur holat nafaqat suv osti dunyosi, balki oziq-ovqat xavfsizligi nuqtai nazaridan ham e’tibor talab qiladigan masala ekanligini ta’kidlashmoqda.

Kelgusida mazkur ifloslanish darajasini pasaytirish va daryo ekotizimini muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish