Ijtimoiy tarmoqlarda Real Sanjik nomi bilan tanilgan bloger Sanjar Karimovning jazoni ijro etish muassasasida soch ekish amaliyotini o‘tagani haqidagi xabarlar jamoatchilik o‘rtasida turli bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Holat yuzasidan yuzaga kelgan mish-mishlarga blogerning himoyachilari rasmiy bayonot berdi. Advokatlarning ma’lum qilishicha, tarqalgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Sud majlislarida kuzatilgan holatlar qamoqxona ichki tartib-qoidalariga muvofiq amalga oshirilgan. Xususan, Sanjar Karimovning sochlari belgilangan qoidalarga binoan kalta qilib olingan.
Aynan shu jarayonlar bilan bog‘liq vizual o‘zgarishlar ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinib, soch ekish amaliyoti deya qabul qilingan. Huquqshunoslar bunday asossiz xabarlarni tarqatmaslikka chaqirib, vaziyat bo‘yicha aniqlik kiritishni tavsiya etishdi.
Ayni damda blogerga nisbatan qo‘llanilayotgan chora-tadbirlar qonun doirasida davom etmoqda va hech qanday tibbiy muolajalar amalga oshirilmagan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0