Samarqandlik ota farzandlari uchun aliment qarzdorligini to‘liq to‘lab berdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Samarqandlik ota farzandlari uchun aliment qarzdorligini to‘liq to‘lab berdiSamarqand shahrida farzandlarining kelajagi va ta’minoti masalasiga mas’uliyat bilan yondashgan ota o‘z majburiyatlarini bajarishga qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Majburiy ijro byurosining Samarqand shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan olib borilgan tushuntirish ishlari kutilgan natijani berdi. Sud qaroriga binoan, qarzdor ota zimmasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lash majburiyati yuklatilgan edi.

Biroq ma’lum muddat davomida ushbu to‘lovlar amalga oshirilmay qolgan. Byuro xodimlari tomonidan fuqaro bilan o‘tkazilgan suhbat davomida unga qonuniy talablar hamda farzandlari oldidagi ota-onalik burchi yana bir bor tushuntirildi.

O‘z navbatida, qarzdor farzandlarining kelajagi har narsadan muhim ekanligini anglab yetib, to‘plangan qarzdorlikni to‘liq qoplashga rozi bo‘ldi. Natijada, aliment to‘lovlari bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlik to‘liq bartaraf etildi va ijro hujjati amalda ijro qilinib, ish yakunlandi.

Mazkur jarayon qonun ustuvorligini ta’minlash va bolalar huquqlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish